AsosiyJamiyat

Rossiyada soat 12:00 ga qadar 600 dan ortiq O`zbekiston fuqarolari o`z saylov huquqlaridan foydalandi

'Rossiyada soat 12:00 ga qadar 600 dan ortiq O`zbekiston fuqarolari o`z saylov huquqlaridan foydalandi'ning rasmi

Bugun, 2019 yil 12 dekabr kuni Rossiyaning bir necha shaharlarida 22 dekabr kuni bo`lib o`tadigan Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi sayloviga muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi.

O`zbekistonning Ekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma`lumotga ko`ra, birinchi bo`lib ovoz berishga Janubiy Ural davlat universitetida tahsil oladigan O`zbekiston fuqarolari keldilar.

O`zbekistonning Vladivostok (Rossiya) shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma`lumotga ko`ra Amur viloyati Svobodni tumani “Renaissance Heavy Industries” kompaniyasining Vaqtincha vaxta shaharchasida mahalliy vaqt bilan soat 12.00 da 600 dan ortiq O`zbekiston fuqarolari o`z saylov huquqlaridan foydalandi.

O`zbekiston Markaziy saylov komissiyasining qaroriga ko`ra Bosh konsulxona huzurida 14-saylov uchastkasi tuzilib, u Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o`tkazuvchi 144-Do`mbirobod saylov okrugiga biriktirildi.

Eslatib o`tamiz, Muddatidan oldin ovoz berish jarayoni 18 dekabr soat 18-00ga qadar o`tkaziladi.

 

    Boshqa yangiliklar