GoSport.uz noyabr oyidan boshlab yangi loyiha — o`zbekistonlik bokschilarning vazn toifasidan qat`iy nazar eng kuchli o`n nafar bokschisini aniqlab borishga qaror qilgandi. Reyting har oyning dastlabki haftaligida e`lon qilinadi.
Reytingda birinchi navbatda bokschilarning shu kunga qadar o`tkazgan janglari saviyasi inobatga olinadi. Undan keyin qo`lga kiritgan kamarlari daraja bo`yicha, to`rtta asosiy yo`nalish reytinglarida egallab turgan o`rinlari va so`nggi bo`lib, o`tkazilgan janglari va g`alabalari soni asosida reyting tuziladi.
Yuqorida 2019 yilning dekabr oyi holatiga ko`ra, eng yaxshi 10 nafar bokschi reytingi taqdim etilgan.
Reytingda birgina o`zgarish kuzatildi. WBO reytingida yuqorilagan va reyting jangida g`alaba qozongan Olimjon Nazarov bu natijasi orqali dekabr oyida O`zbekistoning TOP-10 bokschi qatoridan o`rin egalladi.






