AsosiyJamiyat

Toshkentda umumiy qiymati 70,5 million so`mlik cho`g`lanma lampalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

'Toshkentda umumiy qiymati 70,5 million so`mlik cho`g`lanma lampalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi'ning rasmi

Amaldagi tartiblarga ko`ra, elektr cho`g`lanma lampalarni 2016 yil 1 iyuldan erkin muomalaga chiqarish va 2017 yil 1 yanvardan boshlab esa O`zbekiston Respublikasi hududida realizasiya qilinishi taqiqlangan bo`lishiga qaramay mamlakatimizga cho`g`lanma lampochkalarni yashirincha olib kirishga urinish holatlari hamon uchramoqda.

Yaqinda Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda  maishiy texnikalar hamda cho`g`lanma lampochkalarning noqonuniy aylanmasini fosh qilishdi.

Poytaxtimizda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro U.K.ga tegishli “Isuzu”  rusumli avtomashina to`xtatilib, belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi.

Natijada, avtomashina yukxonasida bojxona rasmiylashtiruvidan o`tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo`lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan va umumiy qiymati 70,5 million so`mlik 6000 dona  cho`g`lanma lampochkalar, 65 dona changyutgich hamda 200 dona televizor uchun kronshteynlar borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar