AsosiyJamiyat

Taxtako`pirda fuqaro o`limiga sababchi bo`lgan kapitanga nisbatan jinoyat ishi ochildi

'Taxtako`pirda fuqaro o`limiga sababchi bo`lgan kapitanga nisbatan jinoyat ishi ochildi'ning rasmi

Qoraqalpog`istonning Taxtako`pir tumanida YTH sodir etib, fuqaro o`limiga sababchi bo`lgan kapitanga jinoyat ishi ochildi. Bu haqda O`zA xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, jinoyat ishiga sabab bo`lgan baxtsiz hodisa 2019 yil 4 dekabr kuni soat 18.00larda sodir bo`lgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligiga qarashli Taxtako`pir tumani Yong`in xavfsizligi bo`linmasida katta inspektor lavozimida ishlayotgan, kapitan J.Xojanov o`zining avtomashinasida Taxtako`pir-Nukus yo`nalishi orqali harakatlanib borayotganida yo`lning chap yo`nalishida ketayotgan motosikldagi fuqaroni orqa tomonidan kelib uradi. Hodisa oqibatida motosikl boshqaruvchisi B.Pirnazarov voqea joyida vafot etgan.

Mazkur jinoyat ishi bo`yicha Taxtako`pir tumani prokuraturasi tomonidan JKning 266-moddasi 2-bo`limi bilan kapitanga jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar