AsosiyJamiyat

Orol dengizining 700 ming gektar qurigan maydonida o`rmonzorlar barpo qilinadi

'Orol dengizining 700 ming gektar qurigan maydonida o`rmonzorlar barpo qilinadi'ning rasmi

Orol dengizining qurigan maydoniga “yashil qoplama“ – himoya o`rmonzorlarini barpo qilishning navbatdagi mavsumiga start berildi.

Mo`ynoq tumaniga qarashli sobiq Vozrojdenie oroli hududida samolyotda urug` ekish ishlari boshlandi.

24.JPG
19.JPG

“2019-2020 yillarda dengizning qurigan maydoniga, ya`ni Vozrojdenie va Aqpetkey hududlaridagi 700 ming gektar maydonda “yashil qoplama“ –himoya o`rmonzorlari barpo qilish uchun cho`l o`simliklarini ekish belgilangan. Shu maqsadda 100 ming gektar maydonda ko`chat ekish, 510 ming gektar maydonda samolyot yordamida urug`dan ekish hamda 90 ming gektar maydonda texnika yordamida urug`dan ekish rejalashtirilmoqda“, deydi Qoraqalpog`iston Respublikasi O`rmon xo`jaligi qo`mitasi raisi o`rinbosari Erniyaz Akimniyazov.

Bugungi kunda Qoraqalpog`iston Respublikasi o`rmon xo`jaligi qo`mitasi tarkibidagi davlat o`rmon xo`jaliklari tomonidan 241 gektar maydonda cho`l o`simligi bo`lgan saksovul urug`idan ko`chatxona tashkil etilib, shundan 61 million dona saksovul ko`chati etishtirildi hamda 700 tonnaga yaqin cho`l o`simliklarining urug`lari tayyorlandi. Urug` tayyorlash ishlari davom etmoqda.


 

4.JPG


 

8.JPG


 

Eslatib o`tamiz, 2018-2019 yillarda Orol dengizining qurigan maydonlarida 1500 ga yaqin ishchi (jumladan mahalliy aholi) kuchi yordamida 1532 tonna cho`l o`simliklari urug`i (saksovul urug`idan 1459 tonna va qorabaraq urug`idan 73 tonna) tayyorlangan edi.


 

Keng qamrovli obodonlashtirish ishlarida 2 ta samolyot (AN-2) va 500 ga yaqin maxsus texniklardan foydalanilgan.


 

23.JPG


 

22.JPG


 

Shu texnikalar yordamida 1 million 126 ming gektar maydonda qariq (borozda) tortish ishlari olib borildi va 461 ming gektar maydonda saksovul urug`lari ekildi, ko`chatlari o`tqazildi.


 

Ekish ishlari mart oyiga qadar davom etadi.

    Boshqa yangiliklar