Bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Boldir temir yo`l chegara bojxona postiga qo`shni mamlakatdan kirib kelgan yo`lovchi poezdi belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Natijada, poezdda yo`lovchi sifatida kelayotgan fuqaro R.X.ning yuklari orasida og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan va tegishli hujjatlari bo`lmagan 1 dona uchuvchisiz uchish apparati borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmo






