Toshkent-Urumchi yo`nalishida parvoz qiladigan samolyot vaqtincha to`xtatib turilmoqda. Bu haqda "O`zbekiston havo yo`llari" MAK ma`lum qildi.
Unga ko`ra, Urumchi aeroportida ob-havo sharoiti yomonlashgani sababli hozirgi vaqtla A-320 havo kemasi Toshkent aeroportiga qaytgan. Toshkent-Urumchi yo`nalishi bo`yicha takroriy parvozning kun va vaqti haqida ma`lumot keyinroq e`lon qilinadi
Samolyotning aeroportga qaytishi bilan bog`liq noqulayliklar uchun “Uzbekistan Airways” AJ uzr so`raydi.






