AsosiyJamiyat

O`zbekistonda «Yil tanlovi – 2019» e`lon qilindi

'O`zbekistonda «Yil tanlovi – 2019» e`lon qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Milliy axborot agentligi jamoatchilik fikrini o`rganish maqsadida joriy 2019 yilda ommaviy axborot vositalarida eng faol yoritilgan, tizim faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni namoyon etgan, xalq bilan ishlashda samarali natijalarga erishgan davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari o`rtasida tanlov e`lon qildi.

Tanlov ijtimoiy so`rov asosida «Eng namunali hudud», «Eng namunali vazirlik», «Eng namunali davlat va jamoat tashkiloti» kabi nominasiyalar bo`yicha saralanadi.

Kimlar qatnasha oladi?

Mazkur tanlovga ayni paytda OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda faoliyati keng yoritilayotgan, xalq kundalik turmushida eng ko`p duch keladigan tizimlar saralab olindi.

  1. Vazirliklar
  2. Qo`mita va agentliklar, jamoat tashkilotlari
  3. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar

Tanlovda qanday ishtirok etish mumkin?

O`zbekiston Milliy axborot agentligining telegram messenjeridagi rasmiy kanali @uza_uz da e`lon qilingan ro`yxatda ko`rsatilgan tashkilotlarga ovoz beriladi.

Tanlov qanday o`tadi?

1-bosqich: Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali eng ko`p ovoz to`plagan tashkilotlar ikkinchi bosqichga o`tadi.

2-bosqich: G`olib jurnalist va blogerlar o`rtasida o`tkaziladigan so`rovnomaga asosan aniqlanadi. Bundan tashqari so`rovnomaga kiritilmagan tizimlar ham jurnalist va blogerlar tomonidan alohida saralanib, tanlovning qo`shimcha nominasiyalariga tavsiya etiladi.

Natijalar qachon e`lon qilinadi?

G`oliblar Yangi yil arafasida eng munosib 3 ta tizimdan, ya`ni 3 ta birinchi o`rin, 3 ta ikkinchi o`rin, 3 ta uchinchi o`ringa maxsus sertifikat, O`zA ramziy statuetkasi va qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlanadi.

Taqdirlash marosimida g`oliblik tashkilotlarning Matbuot xizmati vakillariga topshiriladi.


 

    Boshqa yangiliklar