Maxsus ruchka orqali ko`riladigan “Qur`oni Karim” kitoblarini olib ketib, pullarini shu kunga qadar bermayotgan fuqaroga jinoyat ishi qo`zg`atildi.
2019 yil 31 oktyabr kuni, Dang`ara tumani Naymancha m.f.yda yashovchi, yollanma ishchi, 1963-y.t. A.Q ariza bilan murojaat qilib, 2019 yil 01 oktyabr kuni Qo`qon shahar Shoxruxobod ko`chasida yashovchi, Q.M uni ishonchiga kirib, 4 dona jami narxi 1 800 000 so`mlik maxsus ruchka orqali ko`riladigan “Qur`oni Karim” kitoblarini olib ketib, pullarini shu kunga qadar bermayotganligini ma`lum qilgan.
IIB tomonidan Q.Mga nisbatan O`z.R. JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






