O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi jurnalistlar va blogerlar o`rtasida o`tkaziladigan «MediaUz» I an`anaviy tanlovini e`lon qildi. Bu haqda AOKAning «Telegram»dagi rasmiy kanalida xabar berildi.
Tanlovdan ko`zlangan asosiy maqsad — mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni yoritish va hududlarda aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishda o`z hissasini qo`shayotgan jurnalist va blogerlar faoliyatiga munosib baho berish va ularni rag`batlantirish.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi tashkilotlar nomzodlarini ko`rsatish huquqiga ega:
— ommaviy axborot vositalari muassislari va/yoki tahririyatlari;
— nomzod bilan hamkorlik qiladigan davlat organlari;
— OAV sohasida faoliyat ko`rsatadigan, jurnalistikani rivojlantiradigan va blogerlarni qo`llab-quvvatlaydigan nodavlat-notijorat tashkilotlar;
— jurnalist va blogerlarning tashabbuskor guruhlari;
— AOKA huzuridagi Ommaviy kommunikasiyalar masalalari bo`yicha monitoring markazi;
— jurnalist va blogerlarning o`zlari.
Tanlovda ishtirok etish uchun, ariza to`ldirish, arizaga joriy yilning 2 fevralidan 20 noyabriga qadar bosma nashrlar, veb-saytlar, televidenie va radio, internetda e`lon qilingan maqola, intervyu, reportaj, ocherk va boshqa jurnalistik materiallarni ilova qilish talab etiladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar 2019 yilning 17 dekabriga qadar soat 18:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) qabul qilinadi.
Belgilangan namunaga muvofiq bo`lmagan, to`liq tarkibda bo`lmagan yoki ko`rsatilgan muddatdan kech yuborilgan arizalar tanlovga ishtirok etish uchun qabul qilinmaydi.
Ariza shakli Agentlikning telegramdagi rasmiy kanalida ilova qilingan.
«MediaUz-2019» jurnalist va blogerlarning an`anaviy tanlovi nominasiyalari
| № | Nominasiyalar nomi | Qisqacha ta`rifi
|
1. |
«Yil jurnalisti» | OAV, internet, ijtimoiy tarmoqlarda joylangan, muhim voqeliklar, dolzarb muammolar va ularni hal etish yo`llari, O`zbekiston xalqining hayoti, faoliyati va yutuqlarini professonal aks ettirgan materiallar uchun. |
2. |
«Yil blogeri» | OAV, internet, ijtimoiy tarmoqlarda joylangan, muhim voqeliklar, dolzarb muammolar va ularni hal etish yo`llari, O`zbekiston xalqining hayoti, faoliyati va yutuqlarini professonal aks ettirgan materiallar uchun. |
| 3. | «Bosma OAVlarning eng yaxshi jurnalisti» | Poytaxt va viloyatlarda aholining dolzarb muammolarini hal qilishga yordam bergan, gazeta va jurnallarda chop etilgan dolzarb materiallar uchun. |
| 4. | «Eng yaxshi televizion jurnalist» | Poytaxt va viloyatlarda aholining dolzarb muammolarini hal qilishga yordam bergan televizion material va teleloyihalar uchun. |
| 5. | «Eng yaxshi radio jurnalist» | Poytaxt va viloyatlarda aholining dolzarb muammolarini hal qilishga yordam bergan radio material va radioloyihalar uchun. |
| 6. | «Eng yaxshi internet-jurnalist» | Poytaxt va viloyatlarda aholining dolzarb muammolarini hal qilishga yordam bergan, internet nashr va/yoki ijtimoiy messenjerlarda joylangan materiallar uchun. |
7. |
«Eng yaxshi foto muxbir» | O`zbekiston hayotining turli jabhalari, dolzarb voqeliklarini aks ettiradigan, bosma va/yoki tarmoq nashrlarda joylangan foto-reportajlar uchun. |
| 8. | «O`zbekiston milliy jurnalistikasining afsonasi» | Ommaviy axborot vositalarida ko`p yillik ish tajribasiga ega, professional, ijodiy va ijtimoiy faoliyat bilan bir qatorda yosh jurnalistlar tarbiyasiga katta hissa qo`shgan faxriy jurnalistlar yoki yoshi ulug` ijodkor jurnalistlar. |
| 9. | «Eng faol matbuot xizmati» | Davlat organi va tashkilotlarning faoliyatini keng yoritish, shaffofligi va ochiqligini ta`minlash, OAV va jamoatchilikning axborot olish borasidagi ehtiyojlarini qondirishda ko`rsatgan faolligi uchun. |






