Toshkent shahrida joriy yilning o`tgan 10 oyida 16 mingdan ortiq yangi tadbirkorlik sub`ektlari tashkil etildi. Yil yakuniga qadar yana 8 mingdan ziyod yangi tadbirkorlik sub`ektlari tashkil etilishi kutilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimi Jahongir Artikxodjaev tadbirkorlarga murojaatida ma`lum qildi.
Faoliyatini to`xtatgan tadbirkorlarning 4 mingtasi o`z faoliyatini 10 oy ichida qayta tikladi.
Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan jami korxona va tashkilotlarning 88 foizi kichik tadbirkorlik sub`ektlari hisoblanadi.
Toshkent shahrining har 1000 nafar aholisiga 27 ta kichik korxona to`g`ri kelmoqda va ularning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 62 foizga etdi.
Toshkent shahrida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining 66 foizi kichik biznes tomonidan ishlab chiqarilmoqda.






