Shu yilning 26 yanvar kuni O`zbek Milliy akademik drama teatri sahnasida mashhur Ozarboyjon bastakori Uzeyir Hojibekovning Arshin Mol-Olon” operettasi qo`shiqlari asosidagi konsert dasturi bo`lib o`tdi.
Mazkur dastur Ozarboyjonning mamlakatimizdagi elchixonasi hamda Haydar Aliev nomidagi Ozarboyjon madaniyat markazi tashabbusi bilan tashkil etildi. Undagi kuy va qo`shiqlarni “Qolden Trophi” bajdiiy jamasi hamda “So`g`diyona” xalq cholg`u asboblari kamer orkestri san`atkorlari ijro etishdi.
Konsertning ochilishida so`zga chiqqan madaniyat markazi rahbari samir Abbosov ikki xalq o`rtasidagi madaniy aloqalarning tarixi va bugungi kuni haqida so`z yuritib, “Arshin Mol-olon” asari bugungi har ikki xalqning qalbidan joy olgan san`at asarlaridan ekanini aytib o`tdi. Konsertda ijro etilgan kuy-qo`shiqlar barchaga xush kayfiyat ulashdi.





