AsosiyDunyo

Tramp Jahon bankini Xitoyga kredit bermaslikka chaqirdi

'Tramp Jahon bankini Xitoyga kredit bermaslikka chaqirdi'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Tramp Jahon bankiga Xitoyga kredit berishni to`xtatishni so`rab murojaat qildi.

«Jahon banki nega Xitoyga pul beradi? Shunday bo`lishi mumkinmi? Xitoyning puli ko`p, agarda puli bo`lmasa, chiqarib olaveradi. Bas qiling!», - deb yozdi Tramp “Tvitter”da.

Odatda, Jahon banki rahbari ushbu tashkilotning 16 foiz kapitaliga ega bo`lgan AQSh vakili hisoblanadi.

Avvalroq Tramp Hongkong to`g`risida inson huquqlari va demokratiyani himoya qilish hamda u erga polisiya ekipirovkalarini jo`natishni taqiqlash to`g`risidagi qonunlarni imzolagani bois AQShga nisbatan sanksiyalar kiritishini ma`lum qilgandi.

Boshqa yangiliklar