O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 27 yilligi munosabati bilan IIV Malaka oshirish instituti professor-o`qituvchilari tomonidan “Konstitusiyamiz – barchamiz uchun hayot, taraqqiyot va adolat qomusidir” mavzusida mahallalarda, ta`lim muassasalarida ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar o`tkazilmoqda.
Tadbirlarda asosiy Qomusimizning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga, uning demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish, mamlakatimizning xalqaro maydonda munosib poydevor bo`lib xizmat qilayotganligini targ`ib etilmoqda. Aholi, ayniqsa, yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Qolaversa, ushbu tadbirlarning o`quvchi yoshlarni Konstitusiya va qonunlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
– Mazkur tadbirlar doirasida tashkil etilgan “Konstitusiya – mamlakatimiz taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolatidir”mavzusidagi viktorina barcha yoshlar qatori menda ham katta qiziqish uyg`otdi, – deydi IIV 2-sonli akademik lisey o`quvchisi Shodiyor Sodiqov. – Unda berilgan savol va javoblar bizning huquqiy bilimlarimizni hamda fuqarolik mas`uliyatimizni yanada oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, Toshkent shahar Mirobod tumanidagi Temiryo`lchilar kasb-hunar kolleji va Yunusobod tumanidagi
122-sonli umumta`lim maktabidao`tkazilgan ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar ham xalqimizning siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi hamda mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevori bo`lgan Konstitusiyamizning mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga bag`ishlandi.
IIV Malaka oshirish instituti professor-o`qituvchilari tomonidan ta`lim muassasalarida huquqiy targ`ibot tadbirlari davom etmoqda.






