AsosiyJamiyat

O`zbekistonning eng kuchli olimlari taqdirlandi

'O`zbekistonning eng kuchli olimlari taqdirlandi'ning rasmi

O`zbekiston Pespublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Niderlandiyaning ilm-fanga ixtisoslashgan Elsevier kompaniyasi bilan hamkorlikda dunyoning eng yirik ilmiy-tahliliy ma`lumotlar bazasi Scopus statistikasi bo`yicha samarali faoliyati yuritayotgan o`zbekistonlik etakchi olimlar nomini e`lon qildi. 

“Scopus Award-2019” – Taqdirlash marosimi shu yilning 6 dekabr kuni O`zbekiston elektron omaviy axborot vositalari Milliy assosiasiyasiga qarashli Media-Xollda o`tkazildi.

Unda mamlakatimizning tegishli idora va muassasalari vakillari, QS, Times Higher Education singari dunyoning yirik reyting agentliklari xodimlari, yurtimizning oliy o`quv yurtlari rahbarlari, etakchi olim va mutaxassislari, tadqiqotchi va talabalar ishtirok etdi. 

Marosimda so`zga chiqqan O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari Aziz Abduhakimov mamlakatimizda keyingi yillarda ilm-fan sohasini rivojlantirishga alohida e`tibor qaratilayotganini ta`kidladi. Ayni paytda o`zbekistonlik yosh olimlar nafaqat mamlakat miqyosida, balki xalqaro miqyosda ham sezilarli yutuqlarni qo`lga kiritayotganini qayd etdi. 

Ma`lumotlarga ko`ra, o`zbekistonlik olimldar tomonida 2017 yilda Scopus texnik standartlariga javob beradigan xalqaro ilmiy nashrlarda 589 ta ilmiy maqola chop etilgan bo`lsa, bu raqam 2018 yilda 640, 2019 yilning shu davriga qadar 975 tani tashkil qilgan. 

Marosimda yil davomida faol ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan bir qator olim va izlanuvchilar tegishli nominasilar bo`yicha g`oliblar nomi e`lon qilindi. 

Jumladan O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti bosh ilmiy xodimi Fathulla Abdullaev – “yil olimi”, Ilg`or texnologiyalar markazi laboratoriya mudiri Dilbar Dolimova – “yil olimasi”, Astronomiya instituti katta ilmiy xodimi Bobur Toshmatov – “yilning eng yosh tadqiqotchisi” singari yo`nalishlarda g`olib deb topildi. 

Shuningdek, gumanitar, tabiiy, ijtimoiy, tibbiy va qishloq xo`jaligi fanlari bo`yicha yil tadqiqotchilariga ham  mukofotlar topshirildi. 

Ma`lumki, Scopus Award – Elsevier kompaniyasining keng miqyosdagi tashabbusi bo`lib, jahonning nufuzli ilmiy mukofoti hisoblanadi. Mukofot olimlarning sermahsul faoliyatini rag`batlantirish, ziyolilarning maveini ko`tarish hamda yoshlar o`rtasida ilmiy faoliyat bilan professional shug`ullanishni ommalashtirishga yo`naltirilgan. 

Kunning ikkinchi yarmida Toshkent Davlat yuridik universitetida “Ilm-fan – 2020”  milliy rivojlanish dasturi doirasida “Research transformation: Global Outlook” xalqaro ilmiy forumi ham o`tkazildi. Forumda yurtimizdagi etakchi oliy ta`lim muassasalari rahbarlari, tadqiqotchilar, kutubxonalar direktorlari ishtirokida davra suhbatlari, master-klass mashg`ulotlari o`tkazildi. 

 

    Boshqa yangiliklar