AsosiyJamiyat

Namanganda yo`qolgan yuk mashinasini o`g`irlagan 6-sinf o`quvchisi bo`lib chiqdi

'Namanganda yo`qolgan yuk mashinasini o`g`irlagan 6-sinf o`quvchisi bo`lib chiqdi'ning rasmi

Namangan shahrida yashovchi Rahimjon Hojiev boshqaruvidagi «VAZ-2106» rusumli avtomobil «Barkamol avlod» sport majmuasi binosi oldida qarovsiz qoldirildi. Va ko`p o`tmay noma`lum shaxs tomonidan olib qochildi.

Olib borilgan qidiruv ishlari so`ngida avtomashina shahardagi Uychi ko`chasidan texnik soz holda topildi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, huquqbuzarni topish choralari ko`rilgan. Natijada ushbu jinoyatni Namangan shahridagi 14-sonli maktabning 6-sinf o`quvchisi Ya. A. sodir etgani aniqlangan.

Hozir tergov ishlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar