AsosiyJamiyat

Dam olish kunlarida bizni qanday ob-havo kutmoqda?

'Dam olish kunlarida bizni qanday ob-havo kutmoqda?'ning rasmi

O`zgidrometning xabar berishicha, dekabrning birinchi besh kunligida respublikamiz hududida qishga xos bo`lmagan - qishning boshlanishi me`yorlaridan 10-12 darajaga yuqori bo`lgan quyoshli ob-havo kuzatildi. Kechasi harorat 5-10 daraja, kunduzi 16-21 daraja, janubda 23-24 daraja iliqqacha ko`tarildi.

O`tgan kechada ob-havo o`zgarib, ko`p joylarda yomg`ir yog`di. Tog`li hududlarda yog`ingarchilik qayd etildi, Toshkent viloyatining ayrim joylariga kuchli yomg`ir yog`di.

Bugun mamlakatimizga Kaspiy dengizi tomonidan kirgan antisiklon sababli havo bulutli va salqin. Kun oxiriga kelib, kechasi va ertaga ertalab faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida yomg`ir yog`adi, tog`li hududlarda yog`ingarchilik bo`ladi. Harorat foni me`yorga yaqinlashib 7-12 daraja iliqdan ko`tarilmaydi.

Dam olish kunlarida butun respublika hududi nisbatan salqin va quruq havo oqimi ta`sirida bo`lib havo ochiq bo`ladi. Ertaga kechasi kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 9-14 daraja iliq, yakshanba kechasi harorat 0-5 daraja iliqdan oshmaydi, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq bo`ladi, kunduzi esa 14-17 darajagacha iliydi. 

    Boshqa yangiliklar