AsosiyJamiyat

Dilorom Toshmuhamedova har jabhada gender teng huquqligiga erishish lozimligini qayd etdi

'Dilorom Toshmuhamedova har jabhada gender teng huquqligiga erishish lozimligini qayd etdi'ning rasmi

Xalk deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatligiga 38-"Olmazor" saylov okrugidan ko`rsatilgan nomzod DiloromToshmuhamedova Katta Chilonzor-3 mahalladagi 162 maktabda  saylovchilar bilan uchrashdi. 

Saylovchilar nomzodning tarjimai holi hamda saylovoldi dasturi bilan tanishtirildi.

Dasturdan har bir mahalla uchun o`sha joyning o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha dasturlar qabul qilish va ularni amalga oshirish, jamiyat va davlat hayotining barcha jabhalarida gender teng huquqligiga erishish kabi masalalar nomzodning saylovoldi dasturida ustuvor yo`nalishlardan etib belgilangan.

Bundan tashqari nomzod oilada voyaga etmagan va nogironigi bo`lgan farzandlarni tarbiyalayotgan, shuningdek yolg`iz va ko`p bolali ota-onalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda ularni ishga joylashtirishga ko`maklashish zarurligini qayd etdi. 

    Boshqa yangiliklar