Mashhur repper Shoxrux deputatlikka o`z nomzodini qo`ygani haqida ma`lum qildi.
Uning nomzodi Xalq deputatlari Chilonzor tuman kengashi 9-Labihovuz okrugi bo`yicha qo`yilgan. Uning nomzodi aynan qaysi partiyadan ilgari surilgani ma`lum qilinmagan.
Repper bu haqda “Aziz yurtdoshlar! Sizlarga ma`lumki, men musiqa bilan xobbi sifatida shug`ullanaman, lekin hayot qo`shiqlardan iborat emas. Men ham yurtimizning rivojiga o`z hissamni qo`shmoqchiman”, — deb yozgan.






