AsosiyJamiyat

Vagon o`rindiqlari ostiga yashirilgan tamaki mahsulotlari

'Vagon o`rindiqlari ostiga yashirilgan tamaki mahsulotlari'ning rasmi

Sifati kafolatlanmagan tovar-moddiy boyliklarni qonunbuzarlar tomonidan noqonuniy yo`llar bilan olib kirishga bo`lgan urinishlar bojxona xodimlari tomonidan o`z vaqtida fosh etilmoqda.

Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Keles” temir yo`l chegara bojxona posti xodimlari xorijdan kirib kelgan poezd yo`lovchilarining yuklarini belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazishdi.

Natijada, yo`lovchi fuqaro R.Sh. 100 quti tamaki mahsulotlari hamda 95 dona uy hayvonlari uchun gigenik va dori vositalarini vagondagi o`rindiqlar ostiga bojxona nazoratidan yashirgan holda olib kelayotgani aniqlandi.

Shuningdek, fuqaro B.I.ning qo`l yuklarini belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazish davomida  tegishli hujjatlari bo`lmagan umumiy qiymati 9 million so`mlik 454 dona sifati kafolatlanmagan tibbiyot anjomlarini olib kelayotganligi ma`lum bo`ldi.

Hozirda yuqoridagi holatlar bo`yicha bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar