AsosiyJamiyat

Namanganda 2019 yilda to`qqiz marta uch egizak dunyoga keldi

'Namanganda 2019 yilda to`qqiz marta uch egizak dunyoga keldi'ning rasmi

Namangandagi viloyat perinatal markazida uch egizak dunyoga keldi. 

Qayd etilishicha, ushbu markazda shu kungacha 218 nafar egizak tug`ilgan. Namangan shahrida istiqomat qiluvchi Manzura Usmonova dunyoga keltirgan chaqaloqlar esa shu yilning o`zidagi to`qqizinchi uch egizak bo`ldi.

— O`zimning uch nafar qizim bor. Endi ularning safiga yana ikki qiz va bir o`g`ilni qo`shib oldik, — deydi Manzura Usmonova.

Namangan shahridagi 1-sonli FHDYo vakillari tomonidan chaqaloqlarning onasiga markazning o`zida tug`ilganlik haqida guvohnomalar tantanali ravishda topshirildi.

Uch egizakka Fotima, Zuhra va Muhammadmustafo degan ismlar qo`yildi. Ularning holati yaxshi ekanligi aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar