Samarqand viloyati majburiy ijro byurosi tomonidan Oqdaryo tuman Qoraxitoy qishlog`ida joylashgan “Bahodir Umar Islom” xususiy korxonasining elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlanib o`rnatilgan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
Samarqand viloyati MIBning ko`rsatmasiga asosan Samarqand HETK xodimlari tomonidan amalga oshirilgan qayta hisob-kitob ko`ra (tadbirkor davlat ro`yxatidan o`tgan kundan boshlab) 169.731.360 so`m aniqlangan. Samarqand viloyati MIB esa ushbu vaziyatga bir yoqlama qaramasdan raqamlarning haqqoniyligi bo`yicha “O`zenergoinspeksiya”ning Samarqand hududiy bo`limiga o`z xulosalarini berish uchun taqdim qilindi.
Hududiy bo`lim “Elektrhisob” dasturi orqali o`rganish o`tkazilishi mobaynida iste`molchi “Bahodir Umar Islom” xususiy korxonasining elektr hisoblagichi 1 iyul 2018 yilda almashtirilganligi aniqlandi.
Bunday holatda elektr hisoblagichning almashtirilgan vaqtidan boshlab hisoblanishi bo`yicha Samarqand HETKga ko`rsatma xati berildi. Natijada hududiy bo`limning ko`rsatmasiga asosan hisoblangan qayta hisob-kitob 106 967 960 so`mni tashkil etdi.
Amalga oshirilgan aniq tekshiruvlar sabab iste`molchining hisobiga 62 762 400 so`mga qo`shimcha hisoblashning oldi olindi, deya xabar beradi Energetika vazirligi Matbuot xizmati va “O`zenergoinspeksiya”Samarqand hududiy bo`limi.






