AsosiyJamiyat

Belarus Respublikasi Davlat nazorat qo`mitasi Moliyaviy tergov departamenti delegasiyasiO`zbekistonga tashrif buyurdi

'Belarus Respublikasi Davlat nazorat qo`mitasi Moliyaviy tergov departamenti delegasiyasiO`zbekistonga tashrif buyurdi'ning rasmi

Joriy yilning 3 dekabr kuni Davlat nazorati qo`mitasi raisining o`rinbosari – Moliyaviy tergov departamenti direktori Igor Marshalov boshchiligidagi Belarus Respublikasi delegasiyasi O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga tashrif buyurdi.

Belarus Respublikasi Moliyaviy tergov departamenti delegasiyasi O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departament boshlig`i D.Raximov bilan ushrashuv davomida Departamentning iqtisodiy sohada davlat manfaatlarini ta`minlash, tadbirkorlikni qo`llab quvvatlash, korrupsiya, jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohalaridagi ishlari hamda faoliyatining boshqa ustuvor yo`nalishlari bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida tomonlar idoralararo hamkorlikning huquqiy asosini yaratish va hamkorlikni kengaytirish yuzasidan o`zaro fikr almashdilar.

Jumladan, iqtisodiy jinoyatlarni aniqlash, oldini olish va bartaraf etish bilan bog`liq vazifalarni samarali hal etish maqsadida faoliyatning aniq yo`nalishlari bo`yicha hamkorlikdagi tadbirlarni tashkil etish, mavzuga doir tadqiqotlar o`tkazish, tavsiya va takliflar ishlab chiqish muhokama etildi.

Uchrashuv yakunida O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Belarus Respublikasi Davlat nazorati qo`mitasi o`rtasida o`zaro anglashuv Memorandumi imzolandi.

Mazkur hujjat iqtisodiy va moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurash yuzasidan samarali hamkorlikni amalga oshirish sohasida O`zbekiston va Belarus davlatlari ikkitomonlama hamkorligining huquqiy asosini ta`minlaydi, axborot almashishni kuchaytiradi, shuningdek ikki idora faoliyatiga ijobiy turkti beradi, deya xabar beradi O`zbekiston RespublikasiBosh prokuraturasi huzuridagi Departament.

    Boshqa yangiliklar