«O`zbekiston temir yo`llari» AJ tasarrufidagi «Toshkent metropoliteni» unitar korxonasining Yunusobod yo`nalishida olib borilayotgan yangi er osti qurilish liniyalarining ikkinchi tunnelida burg`ulash ishlari yakuniga etkazildi.
Hozirgi kunda Yunusobod linniyasining o`ng tunnelida burg`ulash ishlari tugatilib, mavjud bo`lgan «Shahriston» bekati bilan ulash ishlari boshlab yuborildi.
Muhandislik-kommunikasiya tizimlarini sozlash, mavjud bo`lgan «Shahriston» hamda qurilayotgan «Turkiston» va «Yunusobod» bekatlarini birlashtirish, shuningdek, temir izlarini yotqizish ishlari qizg`in davom ettirilmoqda. Umuman olganda, bugungi kunga kelib, ushbu qurilish loyihasi doirasida amalga oshirilgan umumiy ish hajmining 90 foizdan ortig`i bajarildi.
Qurilish belgilangan jadvalga muvofiq amalga oshirib kelinmoqda va joriy yil oxiriga qadar «Turkiston» bekatiga sinov tariqasida poezdlar qatnovi yo`lga qo`yilishi rejalashtirilgan. 2020 yilda esa yo`lovchilar uchun poezdlar harakatini yo`lga qo`yilishi kutilmoqda.






