AsosiyJamiyat

Buxoroda gaz quvuriga noqonuniy ulanish holati aniqlandi

'Buxoroda gaz quvuriga noqonuniy ulanish holati aniqlandi'ning rasmi

Shu yilning 3 dekabrida «NaturalGas-Stream» MChJ QK “Chandir” koni xizmati xodimlari tomonidan Buxoro viloyati hududida joylashgan «Chandir» - «Janubiy Kemachi» 57 kilometrli gaz quvuri liniyasini har kuni ko`rikdan o`tkazish davomida ushbu gaz quvurining 9,2 km da noqonuniy ravishda gaz kondensatini olish bo`yicha noqonuniy ulanish fakti aniqlandi. Xususan, 32 mm diametrli va uzunligi 250 metr bo`lgan polietilen shlang er yuzasidan 20-50 sm chuqurlikka ko`mib qo`yilgan.

Natijada, «NaturalGas-Stream» MChJ QK rahbariyati darhol «Novmitan» qo`rg`oni milisiya tayanch punktining uchastka noziri milisiya leytenanti Sharipov Azizbekka murojaat qilib, gaz quvuriga noqonuniy ulanish fakti rasmiylashtirildi va amaldagi qonunchilikka muvofiq, tegishli chora-tadbirlarni ko`rish uchun ushbu noqonuniy ishlarga aloqador shaxslarni aniqlash ishlari olib borilmoqda. 

Hozirgi paytda kompaniya mutaxassislari, yuqori bosimli gaz quvurida ishlash bo`yicha me`yorlarga rioya qilgan holda «Chandir» - «Janubiy Kemachi» gaz quvuri uchastkasida noqonuniy ulanish oqibatlarini bartaraf etishdi.

Shuni ta`kidlash kerakki, «NaturalGas-Stream» MChJ QK rahbariyati avval ham VIIB ga mazkur gaz quvuriga shu kabi noqonuniy ulanishlar holatlari bo`yicha murojaat qilgan. Ushbu holat 2017 yildan buyon to`rtinchisi bo`lib, ayrim nohalol shaxslarning xatti-harakatlari tufayli aholiga gaz etkazib berishda uzilishlarga sabab bo`lmoqda va O`zbkiston iqtisodiyotiga zarar etkazmoqda, deya xabar beradi «Natural Gas-Stream» matbuot xizmati.

 

    Boshqa yangiliklar