Joriy yilning 22 noyabr kunidan 1 dekabrgacha Uzneftgazinspeksiya, Majburiy ijro byurosi hamda “Hududgazta`minot” AJ xodimlari va “Uzstandart” agentligi mutaxassislari tomonidan Respublikada joylashgan 72 ta Avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shaxobcha (AGTKSh)larda tabiiy gazni qabul qilish holati yuzasidan o`rganish o`tkazildi.
O`rganish natijalariga ko`ra 16 ta korxonalar tomonidan gaz hisoblash uskunasiga (Avtopilot va Avtopilot pro) tashqi ta`sir ko`rsatilganligi natijasida Gaz ta`minoti korxonasiga jami 30 mlrd 441 mln so`m zarar keltirilganligi aniqlandi. Misol uchun:
Yangiyo`l tumanida joylashgan “Yuksak samara metan gaz” MChJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka ko`rsatkichlariga o`zgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam ko`rsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 1 267,2 ming metr kub (1 mlrd 267 mln so`m) qayta hisob – kitob qilindi.
“Ravnak gaz metan servis” MChJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka ko`rsatkichlariga o`zgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam ko`rsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 979,2 ming metr kub (979 mln 200 ming so`m) qayta hisob – kitob qilindi.
“Xamkor gaz servis” MChJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka ko`rsatkichlariga o`zgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam ko`rsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 1 008,0 ming metr kub (1 mlrd 8 mln so`m) qayta hisob – kitob qilindi.
Bekobod shahrida joylashgan “Pegas petrolium gaz” MChJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka ko`rsatkichlariga o`zgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam ko`rsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 1 478,4 ming metr kub (1 mlrd 478,4 mln so`m) qayta hisob – kitob qilindi.
Angren shahrida joylashgan “Yangiyo`l metan gaz” MChJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka ko`rsatkichlariga o`zgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam ko`rsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 3 564,0 ming metr kub (3 mlrd 546 mln so`m) qayta hisob – kitob qilindi.
Ohangaron tumanida joylashgan “Optima gaz servis” MChJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka ko`rsatkichlariga o`zgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam ko`rsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 1 008,0 ming metr kub (1 mlrd 8,0 mln so`m) qayta hisob – kitob qilindi.
Yuqori chirchiq tumanida joylashgan “Oqqo`rg`on eko gaz” MChJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka ko`rsatkichlariga o`zgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam ko`rsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 604,8 ming metr kub (604,8 mln so`m) qayta hisob – kitob qilindi.
O`rtachirchiq tumanida joylashgan “To`ytepa voxa gaz” MChJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka ko`rsatkichlariga o`zgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam ko`rsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 756,0 ming metr kub (756,0 mln so`m) qayta hisob – kitob qilindi.
Sirdaryo tumanida joylashgan “ZIYO NUR METAN” MChJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka ko`rsatkichlariga o`zgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam ko`rsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 11 844 ming metr kub (11 mlrd 844 mln so`m) qayta hisob – kitob qilindi.
Yuqorida ko`rsatilgan barcha korxonalarda aniqlangan holatlar yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi mutaxassislari tomonidan tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirildi, deya xabar beradi Energetika vazirligi bilan O`zneftgazinspeksiya matbuot xizmati.






