- ... Unga Moskva konservatoriyasiga borib, opera yo`nalishida tahsil olish zarurligini, keyinchalik Italiyada amaliyot o`tashi mumkinligini, maqom esa san`at sohasida kelajaksiz yo`l ekanligini uqtirishgandi. Lekin u: “Uzr, men uchun boshqa tanlov yo`q, men maqom yo`nalishidan voz kecholmayman, u mening muhabbatim”, deb qat`iyan javob berdi.
- ...“Festival boshlanishidan oldin turmush o`rtog`im va qarindoshlarim avtohalokatga duch kelishdi. U og`ir holatda shifoxonada edi. Asablarim juda charchagan, boz ustiga, o`zimni rosa yomon his qilardim: oshqozon og`rig`i aziyat berardi, - deya esladi u o`sha kunlarni.
- ... U ilk bor 1994 yil Fransiyaga va 1997 yil Germaniyaga borib, maqom sehrini, jozibasini namoyish etdi. Evropaliklar maqomga maftun bo`lishdi.
Taniqlisan`atkor, sehrli ovoz sohibasi, buyuk ma`naviy-musiqiy merosimiz — maqom san`atining targ`ibotchisi, O`zbekiston xalq artisti, O`zbekiston davlat konservatoriyasi professori Munojot Yo`lchievaning ijodiy yo`li haqida “Darakchi”ning 49-sonidagi “Olamni zabt etgan Munojotning munojoti” maqolasida o`qishingiz mumkin.






