AsosiyJamiyat

Buxoroda ketmon jinoyat quroliga aylandi

'Buxoroda ketmon jinoyat quroliga aylandi'ning rasmi

Buxoro viloyatida xo`jalik ketmonidan jinoyat quroli sifatida foydalanganlik qayd etildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB ma`lum qildi.

Keltirilishicha, Qorako`l tumani Xo`jakon mahallasida yashovchi, 24 yoshli A.J jamoat joyi sanalgan shu mahalladagi “Do`stlik” oshxonasi oldida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, 1991 yilda tug`ilgan mahalladoshi A.I bilan hech bir sababsiz janjallashib, janjal vaqtida qo`lida bo`lgan xo`jalik ketmoni bilan A.I.ning boshi ensa sohasiga bir marotaba urib, tan jaroxati etkazgan. 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-modddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Boshqa yangiliklar