AsosiyJamiyat

UzAuto Motors 11 oyda 222 mingdan ortiq qo`ng`iroq qabul qildi

'UzAuto Motors 11 oyda 222 mingdan ortiq qo`ng`iroq qabul qildi'ning rasmi

UzAuto Motors kompaniyasining call-markazi 2019 yil boshidan 30 noyabrga qadar 222 mingdan ortiq kirish qo`ng`iroqlariga javob berdi.

Call-markaz faoliyati mijozlarga xizmat ko`rsatish hamda ular bilan qayta aloqa sifatini oshirishga yo`naltirilgan, deya xabar beradi kompaniya Axborot xizmati.

Shunday qilib, 2019 yil boshidan 30 noyabrga qadar kompaniya call-markazi 222 486 kirishi qo`ng`iroqlariga javob berdi. Qo`ng`iroqlar tahlili aksariyat savollar avtomobil etkazish muddati va navbatini aniqlashtirish bilan bog`liq ekanligini ko`rsatdi.

Kunlik tarzda call-markazning 14 nafar operatori tomonidan o`rtacha mingdan ortiq qo`ng`iroqlar qabul qilinadi.

Call-markaz haftasiga 7 kun 9:00 dan 20:00 gacha 78-141-77-77 raqamlari orqali yoki 78-147-14-14 ishonch telefonlari orqali xizmat ko`rsatishi ma`lum qilingan.

    Boshqa yangiliklar