AsosiyJamiyat

Buxoroda 83 gektar maydonda “Bukhara City” barpo etiladi

'Buxoroda 83 gektar maydonda “Bukhara City” barpo etiladi'ning rasmi

Buxoroda zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar majmuasi barpo etiladi, deya xabar beradi “O`zbekturizm”.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 8 iyulda qabul qilingan 565-sonli Qaroriga ko`ra, Buxoro shahrida “Bukhara City” nomli zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar majmuasi yaratilishi belgilangan.

“Bukhara City” majmuasi Buxoro shahrining Hofiz Tanish Buxoriy, Zulfiya, Qayum Murtazoev, Ibrohim Mo`minov va Sanoatchilar ko`chalariga tutash hududlarda samarasiz foydalanilayotgan ob`ektlar, bino va inshootlar egallagan jami 83 gektar maydonda barpo qilinishi rejalashtirilgan.

Majmua bosh rejasini ilg`or xorijiy tajribalarga muvofiq har tomonlama mukammal tayyorlash uchun loyiha boshqaruvchisi sifatida Turkiyaning «Studio Vertebra» kompaniyasi va qurilish sohasida boshqa etakchi loyihalash tashkilotlari jalb qilingan.

Loyihaga ko`ra, hududda biznes markazi, mehmonxonalar, banklar, ofislar, savdo-maishiy shoxobchalar, turar joy binolari va boshqa ob`ektlarni qurish ishlari investorlar va boshqa manbalar mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar