AsosiyJamiyat

Firibgar Haj safariga yuborishni va`da qilib, 12 000 AQSh dollarini o`z ehtiyojiga sarflab yubordi

'Firibgar  Haj safariga yuborishni va`da qilib, 12 000 AQSh dollarini o`z ehtiyojiga sarflab yubordi'ning rasmi

 Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro A.T. fuqaro I.M.ni aldab uning ishonchiga kirib, haj safariga yuborishni va`da qilib, 2019 yilning may-iyun oylari davomida uning jami 12 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritib o`z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura darakchi.uz ma`lum qildi.  

Mazkur holat yuzasidan A.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari  o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar