Bugun, 2019 yil 02 dekabr kuni soat 05:50 larda elektrovoz mashinisti 28 yoshli A.Sh. boshqaruvidagi 1230-sonli yuk poezdini Namangan viloyati Pop tumani hududidan o`tuvchi “Qo`shminor-Pop” temir yo`l oralig`ining 115 km. 1-piketida harakatlantirib ketayotgan vaqtida temir yo`lni kesib o`tayotgan piyoda 82 yoshli T.M.ni urib yuborganligi natijasida T.M. hodisa joyida vafot etgan.
1230-sonli yuk poezdi soat 05-50 da to`xtab, soat 06-37 da o`z yo`nalishi bo`yicha harakatlanib ketgan, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.
Hozirda hodisa sodir bo`lgan joyda tergov-tezkor guruhi ishlamoqda va hodisa sabablari o`rganilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Sizdan temir yo`l yaqinida harakatlanayotganingizda yoki yo`lni kesib o`tayotganingizda belginlangan yo`l harakati qoidalariga rioya qilishingizni so`raymiz.






