AsosiyDunyo

Xitoyda boshiga tarvuz po`chog`ini kiyib olgan yo`lovchi polisiya tomonidan qo`lga olindi

Xitoy polisiyasi metroda boshiga tarvuz po`chog`ini kiyib olgan holda yurgan yo`lovchini qo`lga oldi, deb xabar berdi russian.people.com.cn nashri.

Polisiyaga berilgan ma`lumotlarga qaraganda, bu yo`lovchi tez orada ijtimoiy tarmoqlarda “tarvuz odam” juda mashxur bo`lib ketgan. Yo`lovchi boshiga tarvuz po`chog`ini kiyib olgan holda Xitoy metropoliteni vagonlarida qo`lida spirtli ichimlik bilan kezib yurgan. Bu esa odamlar orasida qo`rquv va havotir uyg`otgan.

U bilan bir vagonda ketgan yo`lovchilardan birining ta`kidlashicha, tarvuz po`chog`i bu yo`lovchiga bir niqob sifatida xizmat qilgan, chunki u qo`lida pivo ushlagan holda mast holda bo`lgan.

Ayni damda qo`lga olingan yo`lovchining nima sababdan bu ko`rinishda yurgani borasida surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar