AsosiyJamiyat

“O`zenergoinspeksiya” korxona va tashkilotlarning yirik miqdordagi o`g`irligini fosh etdi

'“O`zenergoinspeksiya” korxona va tashkilotlarning yirik miqdordagi o`g`irligini fosh etdi'ning rasmi

“O`zenergoinspeksiya” Qashqadaryo hududiy bo`limi tomonidan MIB Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va “Qashqadaryo HET” AJ xodimlari ishtirokida doimiy o`rganishlar o`tkazilib, qoidabuzarliklarni aniqlash va oldini olish borasida hamkorlikda ishlar yo`lga qo`yilgan. 

O`rganishlar natijasiga muvofiq, elektr tarmog`iga noqonuniy ulanish, elektr hisob sxemalarining buzilishi, iste`molchilar tomonidan texnik hujjatlarsiz elektr tarmoqlariga ulanish, mavjud hisoblagichlar va transformator punktlarini shartnomalarga kiritmaslik holatlari aniqlandi.

Jumladan, G`uzor tuman hokimligiga qarashli binoda o`rnatilgan hisoblagich dasturda o`chirilganligi ko`rsatilgan bo`lsa-da, amalda o`zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib foydalanayotganligi aniqlanib, bayonnoma tuzildi va 55 896 300 so`m (124 214 kVt.s) hisoblanmagan energiya qiymati aniqlandi. 

Shuningdek, Qarshi shahrida o`tkazilgan o`rganishlarda Qarshi shahar obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli ko`cha chiroqlari elektr ta`minoti hisob nuqtalari o`rganilganda, bitta hisob nuqtasida hisoblagichsiz o`zboshimchalik bilan ulanganligi, bitta hisob nuqtasida hisob-sxema buzilganligi, ya`ni hisoblagich ajratib qo`yib ishlatilayotganligi, 4 ta hisob nuqtasida mavjud transformator punkti va hisoblagichlar shartnoma va dasturga kiritilmasdan ishlatilayotganligi aniqlanib, jami 335 618 600 so`m (745 819 kVt.s) ga qayta hisob qilindi va undirishga yo`naltirildi.

Yuqoridagi holatlarda uzoq davr mobaynida iste`molchilarning energiyadan noqonuniy foydalanish holatlari nazoratsiz qoldirilganligi uchun mas`uliyatini oshirish bo`yicha majburiy ijro byurosi va elektr ta`minoti korxonasi xodimlariga ko`rsatmalar berildi, deya xabar beradi “O`zenergoinspeksiya” Qashqadaryo hududiy bo`limi.

 

    Boshqa yangiliklar