Toshkentda tort ichidan burama mix chiqdi. Bu haqda ushbu holatdan jabrlangan xaridor Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhida xabar qoldirgan, deya xabar qiladi kun.uz.
Ushbu xabar va fotosurat guruhda faol muhokamalarga sabab bo`lgan. Ishtirokchilardan biri ushbu tort mahsulotini ishlab chiqargan korxonada bir vaqtlar ishlaganini, u erda hammasi qo`l uchida qilinishidan noligan.
Aksariyat foydalanuvchilar jabrlanuvchi fuqaroni tegishli organlarga, xususan, prokuraturaga shikoyat qilishga chaqirgan. Ba`zi foydalanuvchilar bu ishlab chiqaruvchining emas, balki sotuvchilarning kamchiligi bo`lishi mumkinligini qayd etgan.
Muhokama so`ngida jabrlanuvchi fuqaro tortni sotib olgan joyiga borib, burama mixni ko`rsatib, vaziyatni tushuntirganini, sotuvchi avvaliga norozilik bildirib, so`ng uzr so`ragani va bu holat haqida ishlab chiqaruvchiga xabar berishini bildirganini aytgan.
Avvalroq, BAAning Sharja shahrida shaurma ichidan mix chiqqani haqida xabar berilgan edi.





