AsosiyMadaniyat

Dekabr oyida “Evro 2020” musobaqasi uchun 1 millionta chipta sotuvga chiqariladi

'Dekabr oyida “Evro 2020” musobaqasi uchun 1 millionta chipta sotuvga chiqariladi'ning rasmi

Dekabr oyida “Evro 2020” musobaqasi uchun bir millionta chipta sotuvga chiqariladi,  Bu haqda UEFA shanba kuni xabar bergan. Garchi qit`a bo`ylab 12 ta shahar mezbonlik qiladigan turnir formati tanqidga uchragan bo`lsa-da,  UEFA ushbu yilning iyun va iyul oylarida birinchi marta sotuvga chiqqan chiptalar uchun «juda kata talab» bo`lganini ma`lum qildi.  Ushbu davr mobaynida sotuvga qo`yilgan 1, 5 million chiptaga 19, 3 million so`rov yuborilgan.

Boku,  Buxarest va Budapeshtdagi o`yinlar uchun eng arzon chiptalar sotiladi. Ularning narxi 30 evro (33 dollar) bo`lib, boshqa shaharlarda futbol matchiga kirish muxlislar uchun 50 evrogacha pul sarflashlariga to`g`ri keladi.Eslatib o`tamiz, ”Evro 2020” musobaqasi 12-iyun kuni Rimda boshlanib,12-iyul kuni Londonda o`tkaziladigan final bilan yakunlanadi.

    Boshqa yangiliklar