O`zbekiston “National Geographic Traveler” jurnalining “Yil kashfiyoti” nominasiyasida g`olib bo`ldi.
Onlayn ovoz berish yakunlariga ko`ra, tanlovning “Yil kashfiyoti” nominasiyasida O`zbekiston 40 foiz ovoz to`plagan. Shuningdek, ushbu nominasiyada g`oliblik uchun Armaniston, Ummon, Tayvan hamda Ruminiya davlatlari kurash olib borgan. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi xabar qildi.
Mukofotni topshirish marosimi Moskvada o`tkazildi. Mukofot tantanali ravishda O`zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadovga topshirildi.
Ta`kidlash joizki, o`tgan yili xuddi shu tanlovda O`zbekiston “Gastronomik turizm” nominasiyasida birinchi o`rinni egallagan edi.






