AsosiyJamiyat

Uzbekistan Airways Turkiyaga boruvchilar uchun bugundan imtiyozli chiptalar sotishni boshladi

'Uzbekistan Airways Turkiyaga boruvchilar uchun bugundan  imtiyozli chiptalar sotishni boshladi'ning rasmi

Toshkent-Istanbul yoki Samarqand-Istanbul yo`nalishlari bo`yicha uchishni rejalashtirayotgan yo`lovchilar uchun Uzbekistan Airways imtyozlar yaratdi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy kanalida ma`lum qilindi. 

  • Uzbekistan Airways qatnovlarining belgilangan yo`nalishlarga pasaytirilgan tariflar bo`yicha aviachiptalar sotuvi 2019 yil 1-dekabrdan 2020 yilning 31-martgacha ochiq bo`ladi (bir tomonga).
  •  2020 yil 31-mart kunigacha amalga oshiriladigan mazkur yo`nalishlar bo`yicha qatnovlarga aviachiptalar 2019 yil 1-dekabrdan 10-dekabrgacha bo`lgan muddat ichida xarid qilingan taqdirda, olib o`tish tekin bo`lgan yuk me`yori oshirilgan (45 kg gacha) guruh tariflaridan foydalanish imkoniyati bor (guruh yo`nalish bo`yicha borish va qaytishni rejalashtirayotgan ikki va undan ortiq kishilardan iborat).

    Batafsil ma`lumot uchun 78-140-02-00 raqami orqali kompaniyaning koll-sentriga murojaat qilishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar