1. Kuchli ta`sir qiluvchi moddalar ro`yxatidagi dorilar ayrim dorixonalardagina sotiladi.
2019 yil 1 dekabrdan boshlab kuchli ta`sir qiluvchi moddalar ro`yxatiga kiritilgan dorilar faqat ijtimoiy dorixonalar hamda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlash va realizasiya qilish faoliyati bo`yicha lisenziyaga ega bo`lgan dorixonalar tomonidan sotiladi.
2. IMEI-kodni ro`yxatdan o`tkazish pulli bo`ladi
O`zbekiston hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalar jismoniy shaxslar, import qiluvchilar va ishlab chiqaruvchi korxonalarning mobil qurilmalarni xalqaro o`ziga xos identifikasiya kodlari bo`yicha ro`yxatga olish tizimiga murojaat qilishi orqali pulli asosda ro`yxatga olinadi.
3. Faoliyatning lisenziyalanadigan turi bittaga ko`payadi
Moddiy madaniy merosning ko`chmas mulk ob`ektlarini asrashga doir faoliyat uchun lisenziya olish talab etiladi.
4. Grant mablag`larini jalb qilishda qatnashgan xodimlar rag`batlantiriladi
✅ 2019 yil 1 dekabrdan boshlab:
👉 xorijiy davlatlar va tashkilotlar donorlar delegasiyalarining O`zbekistonga tashriflarini va ularning rasmiy shaxslar bilan uchrashuvlarini tashkil etish bo`yicha so`rovlarni Tashqi ishlar vazirligiga oldindan yuborish muddati 30 ish kunidan 15 ish kunigacha qisqartiriladi;
👉 grant oluvchilar tomonidan bank hisobvaraqlaridan ko`chirmalarni, shuningdek, texnik ko`mak mablag`lari to`g`risida axborot va idoraviy hisobotni Moliya vazirligining G`aznachiligiga taqdim etish majburiyati bekor qilinadi;
👉 grant oluvchilar har chorakda olingan va o`zlashtirilgan grantlar hamda amalga oshirilayotgan tashqi beg`araz ko`mak loyihalari to`g`risidagi ma`lumotlarni Investisiyalar va tashqi savdo vazirligiga taqdim etadi;
👉 davlat organlari rahbarlari grant mablag`larini jalb qilishda bevosita qatnashgan xodimlarni mehnatga haq to`lash minimal miqdorining 15 baravarigacha bir yo`la mukofotlash tarzidagi rag`batlantirishga haqli bo`ladi.
5. Farmasevtik inspeksiya o`tkazish bo`yicha nizom kuchga kiradi
Zarur amaliyotlar (GxP) talablariga muvofiqlik yuzasidan inspeksiyalar o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizom kuchga kiradi.
6. Energetika menejmenti tizimi joriy etiladi
Ayrim korxona va tashkilotlarda energetika menejmenti tizimi xalqaro standartga (ISO 50001) muvofiq bosqichma-bosqich joriy etiladi.
✅ Mazkur tizimda quyidagilar nazarda tutiladi:
👉 energiya iste`moli samaradorligini baholashning shaffofligi va xolisligi, korxonalarning energiya sarfi hajmini pasaytirish, shuningdek, atmosferaga chiqariladigan chiqindilarni kamaytirish;
👉 resurslarni, birinchi navbatda moliyaviy mablag`larni minimal darajada sarflab energiya iste`molini boshqarish samaradorligiga erishish;
👉 ishlab chiqarilayotgan mahsulot, ko`rsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirish.
7. Traktorchi-mashinist guvohnomasining yangi namunasi beriladi
2019 yil 1 dekabrdan Toshkent shahrida, 2020 yil 1 martdan butun respublikada traktorchi-mashinist guvohnomasining, texnik pasport va texnik guvohnomaning yangi namunalari beriladi.
8. Trenerlar har 5 yilda attestasiyadan o`tkaziladi
Respublikada faoliyat yuritayotgan trenerlar Jismoniy tarbiya va sport bo`yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta`minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda uning filiallari bazasida har 5 yilda attestasiyadan o`tkaziladi.






