MIB Olot tumani bo`limi tomonidan qidiruv harakatlari natijasida qarzdor alimentchi ota Q.Akramov Toshkent viloyati Zangiota tumani “Saxovat” MFY “Turkiston” qishlog`ida yashayotganligi aniqlanib, IIB mas`ul xodimlari hamkorligida ushlandi va MIB Olot tumani bo`limiga olib kelindi. Bu haqda “darakchi.uz”ga MIB ma`lum qilmoqda.
Aniqlanishicha, Q.Akramov fuqarolik ishlari bo`yicha Kogon tumanlararo sudining 25.02.2015 yildagi sud buyrug`iga asosan undiruvchi R.Sharipova foydasiga bir nafar voga etmagan farzandining moddiy ta`minoti uchun 35 oydan ortiq muddat davomida 17 663 715 so`mlik aliment to`lovlarini hamda fuqarolik ishlari bo`yicha Qorako`l tumanlararo sudining 03.11.2016 yildagi sud buyrug`iga asosan undiruvchi foydasiga bir nafar voyaga etmagan farzandining moddiy ta`minoti uchun 25 oydan ortiq muddat davomida 12 592 898 so`mlik aliment to`lovlarini ikki oydan ortiq muddat mobaynida to`lashdan qasddan bo`yin tovlab kelgan.
Olot tuman ma`muriy sudining 22.11.2019 yildagi qaroriga asosan Q.Akramov O`zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasi bilan aybli deb topilib, 15 (o`n) sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi






