AsosiyJamiyat

Tanzila Narbaeva: “Jurnalistlarimiz bilan muloqot qilishni odat qilishimiz, muomala madaniyatiga qat`iy amal qilishimiz zarur”

'Tanzila Narbaeva: “Jurnalistlarimiz bilan muloqot qilishni odat qilishimiz, muomala madaniyatiga qat`iy amal qilishimiz zarur”'ning rasmi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva turli OAV, shu jumladan, xorijiy OAV tomonidan bildirilayotgan tanqidlarni to`g`ri qabul qilib, ochiqlik va erkin fikr bildirilishini demokratik davlatning asosiy tamoyillaridan biri sifatida qabul qilish zarurligini ta`kidladi.

“Xalqimiz bilan, jurnalistlarimiz bilan muloqot qilishni odat qilishimiz, muomala madaniyatiga, etika qoidalariga qat`iy amal qilishimiz zarur”, - dedi Narbaeva. 

Senat Raisi, shuningdek, Davlat rahbari islohotlarda OAVning alohida o`rni borligini to`g`ri ta`kidlab o`tganini, bugun jurnalistlarimiz aholini bezovta qilayotgan muammolarga barcha rahbarlarning e`tiborini qaratayotgani, ular nafaqat muammolarni olib chiqayotganini, balki ularning echimi yuzasidan yangi, nostandart g`oyalarni ham taklif qilayotganini qayd etdi.

“Bizning avvalgi yopiqligimiz, odamlar bilan, ayniqsa OAV vakillari bilan muloqotga chiqmasligimiz, korrupsiya xolatlari xayotimizdan umuman chiqib ketishi kerak”, - dedi Narbaeva. 

    Boshqa yangiliklar