Avval xabar qilinganidek, bugun, 30 noyabr kuni Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma to`rtinchi yalpi majlisi o`z ishini boshladi.
Yalpi majlis doirasida qator qonunlar, jumladan “2020 yil uchun O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to`g`risida”gi Qonun muhokama qilinishi kutilmoqda.
Senatorlar 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 2019 yilning III choragi ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisobotini eshitadilar.
Yalpi majlis ishini Oliy Majlis Senatining veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali to`g`ridan-to`g`ri onlayn rejimida kuzatib borishingiz mumkin:






