AsosiyDunyo

Xitoy shimoli-g`arbida 3 ming yillik arava topildi

Xitoyning shimoli-g`arbida joylashgan Shensi provinsiyasida olib borilgan qazishma ishlari chog`ida bundan 3 ming yil avval tayyorlangan arava topildi, deb xabar bermoqda daryo.uz TASSga asoslanib.

Olimlarning fikricha, arava dafn marosimi vaqtida erga ko`milgan: qadimda marhum bilan birga unga narigi dunyoda kerak bo`lishi mumkin deb hisoblangan buyumlarni ko`mish udumi bo`lgan.

Arxeologlarning fikricha, dabdabali arava yaxshi saqlangan, chunki yuzasi lak bilan qoplangan. U bilan birga erga bir qator ot abzallari ham ko`milgan. Mutaxassislar shuningdek ot va qo`ylarning qoldiqlarini ham topgan. Bu mahalliy aholining ko`chmanchi qabilalar bilan aloqasi bo`lganidan dalolat beradi.

    Boshqa yangiliklar