AsosiyJamiyat

O`zgidromet dam olish kunlari ob-havo qanday bo`lishini ma`lum qildi

'O`zgidromet dam olish kunlari ob-havo qanday bo`lishini ma`lum qildi'ning rasmi

O`zgidrometning xabar berishicha, bugun sovuq antisiklon chegarasi Qozog`istonning shimoli-sharqiy qismiga siljib, uning respublikamiz hududiga ta`siri asta kamayadi. Kunduzi havo harorati ko`tarilib 4-9 daraja iliqni tashkil qiladi, biroq bu harorat ham me`yordan past.

Dam olish kunlari Kaspiy dengizi janubidan iliq va nisbatan nam havo oqimining kirishi bilan mamlakatimiz hududining katta qismida ob-havo yog`ingarchiliksiz bo`ladi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 1 dekabrda kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarga kuchsiz yomg`ir yog`ishi mumkin.

Harorat foni ko`tarilib boradi hamda kechasi 0-3 daraja iliq, kunduzi 12-15 daraja iliq bo`ladi.

Boshqa yangiliklar