AsosiyJamiyat

O`rtachirchiqda yuz bergan yong`inda uyning katta qismi zararlandi

'O`rtachirchiqda yuz bergan yong`inda uyning katta qismi zararlandi'ning rasmi

2019 yilning 29 noyabr kuni soat 04 dan 47 daqiqa o`tganda Toshkent viloyati O`rtachirchiq tumani Nurafshon ko`chasi 109-uyda yong`in bo`layotganligi haqida yong`in-qutqaruv qismiga xabar kelib tushgan.

Xabar asosida voqea joyiga 3 ta yong`in o`chirish bo`linmalari jalb etilgan. Bo`linmalar chaqirilgan manzilga 28 daqiqada etib borganda (eng yaqin yong`in-qutqaruv qismigacha masofa 28 km) uyning asosiy tom qurilish konstruksiyalari ochiq alanga bilan yonayotganligi ma`lum bo`lgan.

Ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida yong`in soat 05:22 da o`rab olinib, soat 06:18 da bartaraf etilgan. Yong`indan uyning 60 kv.metr maydoni saqlab qolingan hamda alanganing qo`shni uylarga tarqalishi oldi olingan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar va halok bo`lganlar qayd etilmagan. Yong`in oqibatida yashash uyining 90 kv.metr maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan.

Yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo`linmasi.

 

    Boshqa yangiliklar