AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik yosh olim xalqaro fond stipendiyasi sohibi bo`ldi

'O`zbekistonlik yosh olim  xalqaro fond stipendiyasi sohibi bo`ldi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti etakchi ilmiy xodimi Abror Xudoyberdiev algebra va uning tatbiqlari bo`yicha olib borayotgan ilmiy tadqiqotlari uchun “San Paulu” xalqaro fondi stipendiyasiga sazovor bo`ldi.

Abror Xudoyberdiev Xalqaro nazariy fizika markazi va Xalqaro matematika jamiyatining “Abel” Xalqaro olimlar almashinuvi dasturi tomonidan e`lon qilingan stipendiyalari sovrindoridir.

U 2014 yilda BMT tasarrufidagi Butunjahon fanlar akademiyasi (TWAS) ning yosh a`zoligiga saylandi.

2017 yilda esa dunyoning eng etakchi ilmiy jurnallarida chop etilgan dolzarb maqolalari uchun Turk dunyosi matematika jamiyatining “Eng yaxshi ilmiy tadqiqot“ uchun mukofoti bilan taqdirlangan.

Shu kunlarda yosh olim “San Paulu” xalqaro fondi ilmiy stipendiyasi doirasida Braziliyaning San Paulu shahrida ABC Federal universiteti professori Ivan Kaygorodov bilan hamkorlikda kichik o`lchamli Novikov algebralarini tasniflash, konservativ algebralarni o`rganish va bitta hosil qiluvchi elementga ega bo`lgan konservativ algebralarni tasniflash ustida ilmiy izlanishlarini davom ettirmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar