AsosiyJamiyat

TEZKOR: Buxoroda avtobus va Nexia ishtirokida yuz bergan YTHda 3 kishi halok bo`ldi

'TEZKOR: Buxoroda avtobus va Nexia ishtirokida yuz bergan YTHda 3 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

2019 yil 29 noyabr kuni taxminan soat 07:00 larda “Nexia-2” rusumli avtomashina haydovchisi Buxoro viloyat Jondor tumani hududidan o`tuvchi Toshkent-Qoraqalpog`iston A-380 yo`lining 305 km.da harakatlanib kelayotgan vaqtida boshqaruvni yo`qotib yo`l-transport hodisasi sodir qilgan.

Hodisa haydovchining qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketishi oqibatida, ushbu yo`nalishda kelayotgan “Higer” rusumli avtobusning old qismi bilan to`qnashib ketishi oqibatida sodir bo`lgan, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Oqibatda “Nexia-2” avtomashinasining haydovchisi va 2 nafar yo`lovchilari hodisa joyida vafot etgan.

Hozirda hodisa joyi tergov-tezkor guruhi tomonidan ko`zdan kechirilib, YTHning kelib chiqish sabablari va vafot etganlarning shaxsini aniqlash choralari ko`rilmoqda, holatning tafsilotlari yuzasidan qo`shimcha ma`lumot beriladi.

 

 

    Boshqa yangiliklar