AsosiyJamiyat

Fuqarolarning bank hisobvaraqlari va plastik kartalariga taqiq qo`yilishi to`xtatilmoqda

'Fuqarolarning bank hisobvaraqlari va plastik kartalariga taqiq qo`yilishi to`xtatilmoqda'ning rasmi

Fuqarolardan, ularning bank depozit hisobvaraqlaridagi (shu jumladan bank kartalaridagi) mablag`lar Majburiy ijro byurosining talabnomalariga asosan xatlanganligi yuzasidan shikoyat va e`tirozlar kelib tushishi holatlari oshganligi sababli, hozirgi paytda fuqarolarning hisobvaraqlariga taqiq qo`yish tartibi qayta ko`rib chiqilmoqda. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy xabarnoma berdi.

Bank xizmatlari iste`molchilarining omonatlari va jamg`armalariga nisbatan amalga oshirilishi mumkin bo`lgan noqonuniy va noto`g`ri harakatlardan himoya qilinishini ta`minlash maqsadida, fuqarolarning bank hisobvaraqlariga va bank kartalariga taqiq qo`yilishi to`xtatilmoqda.

Shunga ko`ra, Majburiy ijro byurosining barcha hududiy boshqarmalari hamda tijorat banklari mazkur qaror haqida, shuningdek Byuro tomonidan jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlariga nisbatan qo`yilgan barcha talabnomalarni ijrosiz qaytarish yuzasidan xabardor etildi.

    Boshqa yangiliklar