Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurafshon shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, O`rtachirchiq tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ko`p tarmoqli markaziy poliklinikada ko`p miqdordagi pullar talon-taroj qilinganligi aniqlandi.
Xususan poliklinika g`aznachisi Z.A. va boshqalar tomonidan aholiga pullik tibbiy xizmat ko`rsatishdan tushgan 341,3 mln. so`m naqd pul mablag`larini bankka topshirmasdan, o`z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganliklari hamda muruvvat yordami sifatida ajratilgan 61,2 mln. so`mlik dori vositalarini noqonuniy ravishda chiqim qilib, rastrata qilish yo`li bilan talon-toroj qilingan.
Mazkur holat yuzasidan Z.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






