IIV tomonidan Rossiya Federasiyasi Ichki ishlar vazirligi oliy ta`lim muassasalariga 2020/2021 o`quv yilida o`qishga yuborish uchun tanlov e`lon qildi.
Rossiya Federasiyasi Ichki ishlar vazirligi oliy ta`lim muassasalariga yoshi 18 dan kichik va 25 dan katta bo`lmagan, shu jumladan 25 yoshdagi ham, o`rta, o`rta-maxsus yoki kasb-hunar ma`lumotga ega, harbiy xizmatni o`tagan nomzodlardan iborat O`zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ichki ishlar organlarining xodimlari va harbiy xizmatchilari tanlov asosida o`qishga yuboriladi.
Hujjatlar 2019 yilning 15 noyabr kunidan 2020 yilning 15 fevral kuniga qadar Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari Kadrlar boshqarmalarida qabul qilinadi.






